⌕
Bosh sahifa / Yangiliklar

HUMO va UZCARD kartalari Apple Pay’da ishlay boshladi

Yangiliklar1daqiqa o‘qishYangilandi: 19.11.2026 19:53
FacebookLinkedInTelegram
Qisqacha
O‘zbekistonda Apple Pay to‘lov tizimidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda. Endilikda foydalanuvchilar HUMO va UZCARD kartalarini Apple Wallet’ga qo‘shib, iPhone yoki Apple Watch orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Hozircha xizmat ikki bank orqali taqdim etilmoqda: Xalq banki chiqargan UZCARD kartalari va Octobank’ning HUMO kartalari Apple Pay’ga ulanishi mumkin.

To‘lovlarni qanday amalga oshirish mumkin?

Apple Pay orqali to‘lov qilish uchun kartani Apple Wallet’ga qo‘shish va qurilmada autentifikatsiyadan o‘tish kifoya. Xarid vaqtida iPhone’ning yon tugmasini ikki marta bosib, Face ID yoki boshqa tasdiqlash usulidan o‘tish va qurilmani to‘lov terminaliga yaqinlashtirish kerak.

Octobank HUMO kartalarining plastik, virtual va tezkor turlari ham Apple Wallet’ga ulanishi mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun iPhone’da iOS 27 yoki undan keyingi versiya o‘rnatilgan bo‘lishi talab etiladi.…


Maqola muallifi
Asadbek BotirovBosh muharrir, marketing bo'limi rahbariXatoni xabar qiling
Teglar
HumoUzcardApplepay

Updaily'ga obuna bo'ling

FacebookLinkedInTelegram

Yangiliklar

O‘zbekistonda yana 4 ta bank islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini oldi

Yangiliklar19.11.2026 19:27

Yangiliklar 🤖 ChatGPT endi foydalanuvchilar nomidan xaridlarni amalga oshira olad

Yangiliklar15.11.2026 10:09