O'zbekiston BMT elektron hukumat reytingida 32-o'rinni egalladi

- UN EGDI 2026 bo'yicha O'zbekiston 194 davlat orasida 32-o'rinda
- Umumiy indeks 0,7999 dan 0,8930 ga oshdi
- Mamlakat ilk bor "Very High EGDI" guruhiga kirdi
- Maqsad: "O'zbekiston - 2030" strategiyasida TOP-30 ga kirish
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
“O’zbekiston - 2030” strategiyasida mamlakatni BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (UN EGDI) bo’yicha dunyoning eng ilg’or 30 ta davlati qatoriga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.
Reytingdagi natija
BMTning 2026-yilgi tadqiqoti (UN E-Government Survey 2026) bo’yicha O’zbekiston 194 ta davlat orasida 32-o’rinni egalladi. Mamlakat ilk bor “Very High EGDI” guruhiga kirdi.
O’zbekiston 2020-yilga nisbatan 55 pog’ona, 2024-yildagi o’ringa nisbatan 31 pog’ona yuqorilab, 32-o’rinni egalladi.
Ko’rsatkichlar
- Umumiy indeks (EGDI): 0,8930 (2024-yilda 0,7999)
- Onlayn davlat xizmatlari (OSI): 0,8885
- Telekommunikatsiya infratuzilmasi (TII): 0,9213
- Inson kapitali (HCI): 0,8692
- Fuqarolar ishtiroki (PE): 0,8276
Sun’iy intellekt yo’nalishi
Hisobotda O’zbekistonning raqamli transformatsiya tajribasi ijobiy misol sifatida qayd etilgan. Xususan, Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazining pilot loyihalari, davlat va xususiy sektorda sun’iy intellektni joriy etish, ilmiy hamkorlik va tanlovlar e’tirof etildi.
Bu natija elektron hukumatni takomillashtirish, xizmatlarni raqamlashtirish va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha islohotlarning xalqaro e’tirofidir. O’zbekiston BMT reytingining TOP-30 talsigiga kirish sari yana bir qadam tashladi.