O‘zbekistonliklar ish haqini istalgan bank kartasiga olishlari mumkin
Biznes1daqiqa o‘qishYangilandi: 19.11.2026 09:26Homiylik materiali

Qisqacha
O‘zbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni ish beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan qat’i nazar, o‘zlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga olish imkoniyati yaratildi.
Bu imkoniyat Markaziy bankning Mablag‘larni taqsimlash markazi orqali amalga oshiriladi. Endilikda xodim ish haqi, mukofot puli va boshqa to‘lovlarni olish uchun o‘ziga qulay bank kartasi yoki elektron hamyonni tanlashi mumkin.
- Buning uchun nima qilish kerak? Xodim tanlagan karta yoki elektron hamyon rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etishi kifoya. Tizimda alohida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. Muhim jihati, karta yoki elektron hamyon xodimning o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, buning uchun ish beruvchi belgilagan bankdan yangi karta ochish shart emas. Xodim mavjud kartasidan foydalanishi va keyinchalik to‘lov oladigan kartasini o‘zgartirishi ham mumkin.…
O‘zbekistonda xodimlarga ish haqi va boshqa to‘lovlarni ish beruvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankdan qat’i nazar, o‘zlari tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonga olish imkoniyati yaratildi.
Bu imkoniyat Markaziy bankning Mablag‘larni taqsimlash markazi orqali amalga oshiriladi. Endilikda xodim ish haqi, mukofot puli va boshqa to‘lovlarni olish uchun o‘ziga qulay bank kartasi yoki elektron hamyonni tanlashi mumkin.
Maqola muallifi
Xatoni xabar qilingTeglar