Sun’iy intellekt Qırğıziston iqtisodiyotiga nega kam ta’sir qilişi mumkin?

- Qirğiziston SI ta’siri böyiça eng past natijali beşta iqtisodiyot qatorida.
- Örtaça ssenariyda unumdorlik ösişiga qöşimça hissa 0,1 foiz punkt.
- Raqamli infratuzilma va malakali kadrlar SI samaradorligiga ta’sir qiladi.
Qirğizistonda SI mehnat unumdorligini yiliga atigi 0,1 foiz punktga oşirişi mumkin
Sun’iy intellekt global iqtisodiyotga tobora çuqurroq kirib borayotgan bir paytda, uning barça mamlakatlarga ta’siri bir xil bölmasligi mumkin. Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YTTB)ning Transition Report 2026–2027 hisobotida Qirğiziston SI joriy etilişidan kutilayotgan iqtisodiy samara eng past bölgan beşta iqtisodiyot qatoriga kiritilgan.
Hisob-kitoblarga köra, sun’iy intellekt örtaça sur’atlarda joriy etilsa, kelgusi 10 yil davomida mamlakatda mehnat unumdorligi ösişiga yiliga qöşimça 0,1 foiz punkt hissa qöşişi mumkin. Bu tadqiqotda qamrab olingan mamlakatlar orasidagi beşinçi eng past körsatkiçdir. Undan ham past natijalar Benin, Kot-d’Ivuar, Nigeriya va Senegalda qayd etilgan.
SI joriy etilişining uçta ssenariysi
YTTB tahlilida texnologiyaning iqtisodiyotga ta’siri joriy etiliş tezligiga qarab uç xil ssenariyda baholangan:
- Sekin joriy etiş — yiliga qöşimça 0,03 foiz punkt;
- Örtaça joriy etiş — yiliga qöşimça 0,1 foiz punkt;
- Tezkor joriy etiş — yiliga qöşimça 0,2 foiz punkt.
Bu raqamlar sun’iy intellektning mehnat unumdorligi ösişiga qöşişi mumkin bölgan qöşimça hissasini anglatadi.
Nega kutilayotgan natija past?
Buning sabablaridan biri Qirğiziston iqtisodiyotining tarkibi va bandlik xususiyatlari bilan boğliq. SI, ayniqsa, ma’lumotlarni qayta işlaş, dasturlaş, hujjatlar tayyorlaş va tahliliy vazifalarda samaradorlikni oşirişi mumkin.
Bunday faoliyat turlari iqtisodiyotda katta uluşga ega bölgan mamlakatlar sun’iy intellektdan köproq iqtisodiy foyda olişi ehtimoli yuqori.
Yana bir muhim omil — texnologiyani amalda qöllaş imkoniyatlari. Buning uçun zamonaviy raqamli infratuzilma, hisoblaş quvvatlari, malakali mutaxassislar va biznesning yangi texnologiyalarni öz jarayonlariga integratsiya qila olişi talab etiladi.
Özbekistonning natijasi qanday?
YTTBning uşbu mehnat unumdorligi prognozida Özbekiston alohida körsatkiç bilan qayd etilmagan. Şu sababli mamlakatning Qirğiziston bilan aynan şu mezon böyiça örnini taqqoslaş uçun yetarli ma’lumot mavjud emas.
Şu bilan birga, Özbekistonning sun’iy intellektga tayyorgarligi böyiça boşqa xalqaro körsatkiçdagi natijasi bor. Prezident matbuot xizmati 2026-yil avgustida e’lon qilgan ma’lumotga köra, mamlakat Global AI Readiness Index reytingida 25 poğona yuqorilab, 62-örinni egallagan.
Biroq bu ikki körsatkiçni bir-biriga tenglaştirib bölmaydi: Global AI Readiness Index mamlakatning sun’iy intellektga tayyorgarligini baholaydi, YTTB esa SI texnologiyalarining mehnat unumdorligiga kutilayotgan ta’sirini hisoblaydi.
YTTB tahlili şuni körsatadiki, sun’iy intellektdan iqtisodiy foyda oliş faqat texnologiyaga ega böliş bilan çeklanmaydi. Muhimi, undan biznes jarayonlari va işlab çiqarişda qançalik samarali foydalaniş, şuningdek, buning uçun zarur infratuzilma va malakali kadrlarni rivojlantirişdir.
