Oʻzbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Xabar
O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekistonda bankomatlarga bo‘lgan talab ortib borayotgani sababli ularni mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rganilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili mamlakatda 9 mingta bankomat xarid qilingan va ushbu mahsulotlar importi uchun 50 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Savdo va ko‘ngilochar majmualar hamda yangi turar joy massivlari sonining ko‘payishi kelgusida bu talabni yanada oshirishi kutilmoqda.
Reaksiyalar
- ❤ 3
- 👍 1
Manbalar
Muallif
TelegramUpdaily.uz – Startap va biznes
Updaily - O‘zbekiston startap ekotizimi va iqtisodiyotiga doir axborotlar Rus tilidagi kanal: @updailyru Ingilis tilidagi kanal: @updailyglobal Uzbek tilida kanal(krill): @updailyuz Support: @updailysupport



